Pogba Fransiya termasiga qaytadimi? Desham javob berdi

Mirjalol Normatov
3 okt 2025
Fransiya termasi bosh murabbiyi Dide Desham Pol Pogbaning milliy jamoaga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi.

32 yoshli Pogba doping sababli bo'lgan diskvalifikaciyasini o'tab bo'lib, "Monako" bilan shartnoma imzoladi.

"Ha, u yana futbolchilikka qaytishga yaqin. Fransiya termasiga qaytish? U ham shuni istaydi, bunga shubha yo'q. Biroq buning uchun u bir qancha bosqichlardan o'tishi kerak.

Hozir u "Monako" libosida maydonga tushishi mumkin. Umid qilamanki, unda barchasi o'xshaydi. Qolganini esa ko'raveramiz. Ilk qadamini tashlashida unga omad tilab qolaman. Bu uning uchun juda katta xursandchilik bo'ladi.

U termaga qaytishi mumkinmi? Ha, deb javob bersam, hamma "Ohho, Pogba termaga qaytarkan", deyishadi. Yo'q deyishim esa ahmoqona gap bo'ladi. Shu sababli unisi ham bunisi ham hozir ortiqchalik qilishi mumkin", - dedi Desham.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal