"Chelsi"da futbolchilar o'zlarini professional tarzda tutishardi, mashg'ulotlarga hech qachon kechikishmasdi, ammo "Manchester Yunayted"da bu deyarli har kuni sodir bo'ldi. Har doim kechikadigan o'yinchilar orasida Pol Pogba, Jeydon Sancho va boshqa bir nechta o'yinchilar bor edi.
Qolganlar har doim o'z vaqtida kelardi va jahl otiga minardi. Biz ichki tartib-intizom qo'mitasini tuzishga qaror qildik, men uning prezidenti bo'ldim.
Devorga bir varaq osib qo'yib, unga kech qolganlarning ismlarini yozib chiqardim. Bir mavsumda biz jarima sifatida 75 000 funt sterling yig'dik. Pulni Londonda ziyofatga sarflashni rejalashtirgan edik, ammo COVID epidemiyasi tufayli bu amalga oshmadi", – dedi Matich.
Izohlar