Pogba va Mourinyo o'rtasidagi kelishmovchilik yakunlandi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2018
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba qishki transfer oynasida jamoani tark etmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi va mutaxassis yarashib olishdi. Yarashuv shartlariga ko'ra, Pogba yozgacha klubdan kyetish mavzusini ko'tarmaydi.

Polning o'zi "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi va joriy mavsum oxirida muzokaralar o'tkazishga tayyor. Fransiyalik uchun asosiy davogarlar "Barselona" va "Yuventus".

Joriy mavsum 25 yoshli yarim himoyachi APLning 4ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror