Pogba "Yuventus"ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikka keldi

Alisher
9 iyul 2022
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba "Yuventus"ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikka keldi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 29 yoshli francuz tibbiy ko'rikdan so'ng Turin klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2012-2016 yillarda "Yuventus"da o'ynagan.

Pogba o'tgan mavsum manchesterliklar safida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda 1ta gol va 9ta assist qayd etdi. U klubni 2022 yilning 30 iyunida erkin agent maqomida tark etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio