Pol Merson Maduekening "Arsenal"ga o'tishini bemanilik deb baholadi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025
Pol Mersonning fikriga ko'ra, Noni Maduekening transferidan keyin Bukayo Saka "Arsenal"dan kyetishi mumkinligini aytdi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Madueke 50 million funt evaziga "Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Arsenal" futbolchilarni sotishga tayyorlanmoqda? Meni bemani deb hisoblashingiz mumkin, biroq ushbu transferlardan mano bormi? Sakaning kelajagi borasida qayg'urish kerak emasmi? "Arsenal" keyinchalik to'satdan biror kerakli futbolchisini sotib yuborishi ham mumkin.

"Arsenal"da faqatgina Saka har hafta yuqori darajada o'ynay olishi mumkin. U maydonda bo'lmasa, boshqa "Arsenal"ni ko'ramiz. Uning atrofidagi futbolchilar umuman boshqacha o'ynashadi.

Agarda u yaxshi holatda bo'lsa, yaxshi o'ynaydi. Lekin Sakadan keyin turadigan futbolchi uchun nega 52 million sarflash kerak?", – deb yozadi Merson.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports