Polsha chempionatida darvozabon o'z jarima maydonidan raqib jamoaga gol urdi

Оқил Абдубарноев
2 apr 2024
Polsha chempionatidan o'rin olgan "Pusha" - "Radomyak" uchrashuvida hayratlanarli gol urildi.

Bellashuvning 66-daqiqasida o'z jarima maydoni yaqinida himoyachidan to'pni qabul qilib olgan "Radomyak" darvozaboni Gabriel Kobilyak oldinga uzatma amalga oshirdi. Biroq to'p yo'nalishi kutilganidan kuchliroq chiqib, buni kutmagan raqib posbonini ham shoshirib qo'ydi hamda darvoza to'riga borib tushdi. 

Mezbonlar darvozaboni Olivir Zix harqancha urinmasin, kutilmagan zarbani barataraf eta olmadi va supergol urilishida sababchilardan biri bo'lib qoldi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: Ekstraklasa

Izohlar

Mura Lucky
3 apr 2024
А бу чучвараку бизда захирада утириб гол урадиган супер хужумчи бор
Шавкатжон
3 apr 2024
Бизи варатарам u16 да ургану Шимолий Кореага, бунданам дахшатини
FC_BARCELONA_UZ
2 apr 2024
O'z jarima maydonidan emas, tashqaridan ekan.