Portugaliya futbol federaciyasi Ronalduga maxsus sovrin topshirdi

Omonjon To`xtamirzayev
12 nov 2024
"Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduga kecha bo'lib o'tgan "Quinas de Ouro" gala-koncertida "Quinas de Platinum" sovrini topshirildi.

Federaciya futbolchining Portugaliyaning ulkan natijalari elchisi bo'lgani va mamlakat terma jamoasi safida 200 ta o'yinda ishtirok etganini etirof etdi.

Portugaliya futbol federaciyasi (FPF) tashkillashtirgan marosim Lissabonda o'tkazildi.

Futbolchi bunga quyidagicha izoh berdi:
"Bu sovringa loyiq ko'rishganidan g'ururlanaman. Ushbu holatni yo'lning boshlanishi deb qabul qilaman. FPFga ushbu sovrin uchun minnatdorchilik bildiraman, bu uzoq va mashaqqatli mehnatdagi yo'l bo'ldi. Men 18 yoshligimda terma jamoada safida maydonga tushishni orzu qilardim. Keyinroq men 25, 50 talik dovonni zabt etdim, nima uchun 100lik dovoniga etmaslik kerak? Uchta raqamdan iborat yaxlit raqam, undan so'ng men 150, 200 va undan ko'prog'i haqida o'ylay boshladim. Bu shunchaki ajoyib tuyg'u".


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: sicnoticias.pt

Izohlar

Dilmurod Umarov
13 nov 2024
Krishtianu Ronalduga tan bermay iloj yo'q,shuncha yil tinimsiz mehnat va hatto shu yoshida ham "motivatsiya"si bor
Jahongir Mansurov
12 nov 2024
Omad Ronaldoga. Prosta TERMINATOR.
VodiySoft
12 nov 2024
Portugaliya termasida 50 yoshgacha o'ynash nasib qilsin. xD