PSJ futbolchisi MYUga o'tishni istagandi

Mirjalol Normatov
9 fev 2020
PSJ himoyachisi Toma Mene qishki transferlar oynasi vaqtida "Manchester Yunayted"ga o'tishni istagandi.

"Le Parisien" xabariga ko'ra, futbolchi "qizil iblislar"ning muxlisi hisoblanadi. Shu boisdan u MYUdan taklif bo'lishini kutgan, ammo bu amalga oshmagan.

28 yoshli belgiyalik futbolchi ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 23 o'yinda qatnashdi va 1 gol urib, 2 assistentlik qayd etdi.

Menening klub bilan shartnomasi ushbu yozda yakuniga etadi. Uning transfer narxi 30 mln evroni tashkil qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien