PSJ futbolchisini "Galatasaroy"ga taklif qildi

Khoja
3 avg 2025
PSJ darvozaboni Matvey Safonov faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Fransiya jamoasi o'z darvozabonini "Galatasaroy"ga taklif qilgan. Istanbul klubi agar "Manchester Siti"dan Ederson yoki boshqa jahon darajasidagi darvozabonni qo'lga kirita olmasalar, ushbu variantni ko'rib chiqishlarini ma'lum qilishgan.

Eslatib o'tamiz, Safonov o'tgan yilning yozida "Krasnodar"dan PSJGa 20 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. U yakunlangan mavsumda 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 ta bahsda o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qoldi.


KhojaMuallif
Manba: skysport