PSJ klubi shu yil o'tkazilgan qita chempionatlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan futbolchilarini taqdirladi. Sovrinda Evropa yoki Janubiy Amerika qitalari shakli va to'p tasvirlangan. Lionel Messi, Anxel Di Maria, Leandro Paredes, Marko Veratti va Donnarumma ushbu sovrinlarni qabul qilib olishdi.
Eslatib o'tamiz, bu yilgi Amerika Kubogida Argentina termasi zafar quchgan bo'lsa, Evropada Italiya jamoasi tengsizligini isbotlagandi.
Izohlar