Rasman. Manchester Yunayted qishdagi ilk xaridini amalga oshirdi

Khoja
2 fev 2025
Manchester Yunayted qishki transfer oynasidagi ilk xaridini amalga oshirdi.

Qizil iblislar Lechche himoyachisi Patrik Dorgu bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 4,5 yilga mo'ljallangan. Ushbu transferdan Italiya klubi 30 million evro ishlab oladi.

Futbolchi "Lechche" safida 57ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali Dorguni 20 million evroga baholamoqda.


KhojaMuallif
Manba: @manutd_one