

Francuz klubi "Inter"ning slovakiyalik himoyachisi Milan Shkrinyar transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko'ra, parijliklar ushbu qishki transferlar oynasi tugaguncha himoyachini o'z safida ko'rmoqchi. Tezkor transfer kelishuvi uchun 15 mln evro tayyorlanmoqda. Shkrinyarning o'zi PSJga o'tishga rozi va klub himoyachi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. 27 yoshli futbolchi italyan klubi bilan joriy yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirmadi.
Joriy mavsumda barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushgan Shkrinyar atigi 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



