PSJ va "Lester" sobiq futbolchisi 39 yoshida hayotdan ko'z yumdi

Alisher
1 sep 2024
"Lids", "Lester", PSJ va "Palermo" sobiq markaziy himoyachisi Suleyman Bamba 39 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Bu haqda Bamba texnik direktor lavozimida ishlagan Turkiyaning "Adanaspor" klubi xabar berdi.

"So'nggi o'yin oldida o'zini yomon his qilgan Bamba Manisa universiteti shifoxonasiga etkazildi va afsuski, u erda hayot uchun kurashda engildi. Jamiyatimizga, ayniqsa uning oilasiga hamdardlik izhor etamiz", - deyiladi "Adanaspor" bayonotida.

2021 yilning yanvarida Bambaga saraton tashhisi qo'yilgan va u may oyida undan qutulganini xabar qilgan. Bamba undan keyin faoliyatini tikladi va Angliyaning "Midlsbro" jamoasiga o'tdi, ammo bir yildan so'ng faoliyatini yakunladi.

Bamba faoliyatida eng ko'p "Kardiff" (118 o'yin) tarkibida harakat qildi.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: twitter.com/AdanasporResmi

Izohlar

football4fans
1 sep 2024
Musulmon boʻlsa joyi jannatdan boʻlsin.
Dilmurod Umarov
1 sep 2024
Alloh rahmat qilsin
polu good
2 sep 2024
Bu yerda siz qizning kiyimlarini yechib, uni yalang'och holda ko'rishingiz mumkin) sinab ko'rishingizni maslahat beraman --- Badpuss.top