PSV hujumchisi Losano "Barselona"ga o'tishni orzu qiladi

Aslanov Jasurbek
18 sen 2018
PSJ hujumchisi Irvin Losano "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi birinchi tur uchrashuvidan oldin Kataloniya klubiga o'tishni istayotgani haqida aytdi.

"Jahon chempionati men uchun yaxshi o'tdi va ko'plab klublar kaminaga qiziqib qoldi. Agentim "Barselona"da taklif borligini aytgan edi, u variantlarni ko'rib chiqadi. Bu klubga o'tish mening orzuim, ammo hozir eng asosiysi bor e'tiborni o'yinga qaratish" - deydi Losano.

"Barselona" - PSV uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal