Pyanich va Artur navbatdagisi… Messi hamda Ronaldu bilan birga o'ynagan 12 futbolchini esga olamiz

Eldor Akmurzayev
30 jun 2020
Xabaringiz bor, kecha “Barselona” hamda “Yuventus” o'zaro shov-shuvli transfer almashinuvini amalga oshirishdi.

Turinliklar azosi Miralem Pyanich Kataloniyaga ko'chib o'tgan bo'lsa, Artur Melo “Yuve” futbolchisiga aylandi. Pyanich va Artur Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynashga muvaffaq bo'lgan navbatdagi futbolchilarga aylanadi.

Undan oldinroq, quyidagi o'yinchilar bu baxtga muyassar bo'lishgandi va ularni birma-bir esga olamiz:

Xenrik Larsson

Messi bilan “Barselona”da (2004-2006), Ronaldu bilan “Manchester Yunayted”da (2007)

Deku

Messi bilan “Barselona”da (2004-2008), Ronaldu bilan Portugaliya termasida (2003-2010)

Jerar Pike

Messi bilan “Barselona”da (2008-hozirgi vaqtgacha), Ronaldu bilan "Manchester Yunayted"da (2004-2008)

Esekel Garay

Messi bilan Argentina termasida (2007-2015), Ronaldu bilan “Real”da (2009-2011)

Gonsalo Iguain

Messi bilan Argentina termasida (2009-2018), Ronaldu bilan “Real” (2009-2013) va “Yuventus”da (2019-h.v.)

Karlos Tevez

Messi bilan Argentina termasida (2004-2015), Ronaldu bilan “Manchester Yunayted”da (2007-2009)

Paulo Dibala

Messi bilan Argentina termasida (2015-h.v.), Ronaldu bilan "Yuventus"da (2018-h.v.)

Nelson Semedu

Messi bilan “Barselona”da (2017-h.v.), Ronaldu bilan Portugaliya termasida (2015-h.v.)

Gabriel Xaynce

Messi bilan Argentina termasida (2004-2010), Ronaldu bilan “Manchester Yunayted” (2004-2007) va “Real”da (2009)

Anxel Di Mariya

Messi bilan Argentina termasida (2008-h.v.), Ronaldu bilan “Real”da (2010-2014)

Fernando Gago

Messi bilan Argentina termasida (2007-2017), Ronaldu bilan “Real”da (2009-2012)

Andre Gomesh

Messi bilan “Barselona”da (2016-2019), Ronaldu bilan Portugaliya termasida (2014-h.v.)

+BONUS

Artur Melo Messi bilan "Barselona"da (2018-2020), Ronaldu bilan "Yuventus"da (2020 yildan)

Miralem Pyanich Ronaldu bilan "Yuventus"da (2018-2020), Messi bilan "Baselona"da (2020 yildan)


Eldor Akmurzaev tayyorladi


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Ωฯ°Barcelona°ฯΩ
30 jun 2020
Шу Андреа Гомеш яхши ойнап турувди Барселонада
I Love you .....
30 jun 2020
....
YOQUB 007
30 jun 2020
AntiMessichilar eshitlaring orqalaring achisha tahorat olgin xupmi atak futbol qiroli haqida Uylab yozlarin. Messi futbol qiroli va shunday davom etadi. Yoqmasa Messi haqida fikir bildirma yoki umuman kirma Messi haqidagi xabarlarga. Oxiri fikir bildirmasam bulmadi, bazi bir sasiq isqirtlarni deb. Mana shu gap Uzingni ham boshqani ham umuman musilmon musilmoni haqarot Qilib gunohga botma. Sal miya atiga 1 foiz ishlasa choqasan ushbu gaplarni. Messi n 1
Özil10
30 jun 2020
Pyanic yaxshi pas beradi manimcha Barsa shuning uchun oldi
Iskander Turganbaev
30 jun 2020
terma jamoani hisobga olmasa, faqat Henrik Larsson va Xerar Pike ekan ikkalasi bilan oynagan. qiziq Pike borligi