"Qasos olgandim". Son Germaniyadagi irqchilik haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
6 iyul 2022
"Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xyon Min irqchilikka duchor bo'lgani haqida gapirdi.

U 2008 yilda "Gamburg"ga ko'chib o'tgandi. 2013-2015 yillarda esa "Bayer"da o'ynagan. 

"Germaniyaga ko'chib o'tganimda juda yosh edim. U yerda katta qiyinchiliklarga uchraganman. 

Irqchilikka duchor bo'lganman. O'sha qiyin paytlarda bir kun kelib qasos olish haqida o'ylaganman", - dedi Son. 


JCH-2018da Janubiy Koreya Germaniyani 2:0 hisobida mag'lub etgan va jamoani guruhda qolib kyetishiga sabab bo'lgan. Son esa terma jamoasining ikkinchi golini urgandi. 

"Odamlar yig'lasa ularni ovutib, bag'rimga bosgim keladi. Lekin o'sha vaziyatda nemislar yig'layotganini ko'rib, ulardan qasos olganimni tushungandim", - dedi futbolchi.  


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Daily Mail