Qatardagi stadionni buzish ishlari boshlandi

Оқил Абдубарноев
7 dec 2022
"974" stadionida jahon chempionati doirasida o'tkazilgan ettita o'yin yakunlandi.

Endilikda 974 ta konteynerdan iborat bu arena demontaj qilinadi. Jarayon chorshanba kuni boshlandi. Tegishli ishlarni amalga oshirish uchun allaqachon stadionga jihozlar keltirilgan.

Aytish joizki, Braziliya terma jamoasi futbolchilari o'yinlardan biridan so'ng ushbu maydondan shikoyat qilgandi. Ularni maysazorning sifati to'laqonli qoniqtirmadi. Braziliya terma jamoasi vakillari arenaning chim qoplami yomon ekanligini takidlashdi.

JCH-2022ning navbatdagi o'yinlari 9 va 10 dekabr kunlari bo'lib o'tadi. O'sha kunlari turnirning 1/4 final bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: ТАСС

Izohlar

Husniddin Bukaboyev
7 dec 2022
Shunday stadionni buzib tashlaydimi?
Mиллиaрдeр
7 dec 2022
Узбекистонга кучириб келишни иложи йукмикан. Огзимизни купиртириб мактанадиган Бунёдкор стадионимиздан 974 марта зур буса керак бу стадион)))
Fan_BARCA
7 dec 2022
Pul ko'p nima qilishni bilmaydi bular
M-citi✓As Milan
7 dec 2022
Qarardagi hamma stadion reja bn qurilgan huddi kubik rubik oynidaka sochib taxlanadigon qilib qurilgan chempionatga qurilgan hama stadion buzilib tribunalar qisqartiriladi
Хакикатгуй
7 dec 2022
Гап йук кичкина давлат лекин кудратли бой.
Шшшшш
8 dec 2022
КОЙИЛ КУРИБ БУЗИШГАХАМ УЛГИРИШЯБДИ БИЗ МАРГИЛОНДАГИ ОДИЙ КУПРИК ( МОСТ ) ХАЛИЯМ КУРИЛМАДИ ФАРОСАТСИЗ РАХБАР БУЛГАНДАН КЕЙИН !!!!!!