"Qayrat" – "Real" uchrashuviga 4-5 ming sayyoh kelishi kutilmoqda

Sherzod Nurmatov
2 sen 2025
Qozog'iston Chempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritgan Olmaotalik "Qayrat" va Ispaniyaning "Real" jamoasi o'rtasidagi o'yinga 4-5 ming turist tashrif buyuradi.

Bu haqda Qozog'iston turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinov parlamentning ikki palatasi yig'ilishidan so'ng ma'lum qildi.

"Real" bilan o'yin uchun UEFA kvotalari bor. Biz 4-5 mingga yaqin sayyohni kutmoqdamiz", – dedi vazir.

"Qayrat" – "Real" bahsi 30 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. "Qayrat" ilk bor Chempionlar Ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadi. Qozog'iston jamoalaridan faqat "Ostona" 2015 yilda buni uddalagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ТАСС