Qirg'iz Respublikasi darvozaboniga Italiya va Rossiya jamoalari qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
23 mar 2025
RPL, MFL va Italiyaning bir qancha jamoalari qirg'izistonliklar posboni Erjan Tokotaevga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Aladop.kz xabar berdi.

Erjan Tokotaev va uning terma jamoasi JCH 3-saralash bosqichi 7-turida O'zbekistonga qarshi bahs olib bordi. Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinda qirg'izistonlik darvozabon bir nechta seyvlarni amalga oshirgan va Eldor Shomurodovning penaltisini qaytargandi. Umuman olganda, Tokotaev bahsning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lgan edi.

25 yoshli futbolchi Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi safida 33 o'yinda maydonga tushgan. Transfer narxi – 300 ming evro. U ayni paytda Turkiya birinchi ligasida ishtirok etayotgan "Shanliurfaspor" jamoasida o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Aladop.kz

Izohlar

Burhonbek Abdumo'minov
23 mar
Italiya klublari kim oʻylab topdi choʻpchakni
vueLtax7
23 mar
Shomurodovni kuraman deb darvozabonni ham kurganmi deyman Italyanlar
Frend Uzbekistan
23 mar
Uzb bilan o'yinlar boshqa termalarga reklama vazifasini o'tab berayabdi uzb bilan yaxshi o'ynasaylar etiborga tushasilar hoz hohlaymizmi yo'qmi yevropadayam termamizni o'yiniga etibor kuchli!!!
Азим Курбоназаров
23 mar
Дарвозабон кучли эмасди рақиб жамоа хужумчилари кучсиз эди
Азим Курбоназаров
23 mar
Дарвозабон кучли эмасди рақиб жамоа хужумчилари кучсиз эди