Qishki transfer oynasida APLning ikki klubi Abduqodir Husanov uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
2 dec 2024
"Lans" 20 yoshli Abduqodir Husanovni qishdayoq 25 mln. funtga sotib yuborishi mumkin.

"Tottenxem" hamda "Nyukasl" Liga 1ning porlashni boshlagan yulduzi uchun ovga chiqdi, deyiladi Telegraph nashri chop etgan xabarda.

Malumotlarga ko'ra, Abduqodir Husanovga PSJ va APLnig 7 klubi qiziqish bildirmoqda. "Lans" Husanov transferidan yaxshigina daromad topishi mumkin, chunki Franciya klubi himoyachini 100 000 evro evaziga "Energetik-BGU"dan sotib olgan va ayni damda uni 25 mln. funtga pullay oladi.

"Tottenxem" Kristian Romero hamda Mikki van de Venlarning jarohatidan so'ng yanvarda markaziy himoyachi sotib olish haqida o'ylab qolgan va Husanovni transfer ro'yxatlari qatoriga kiritgan.

"Nyukasl" esa Abduqodirni anchadan beri kuzatib kelmoqda va uni potenciali yuqori yosh futbolchi deb hisoblaydi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: Telegraph.co.uk

Izohlar

Atamyrat Yegennazarow
2 dec 2024
Menimcha Tottenhamga otip asosiy tarkib uchun kurashsa faoliyatidagi katta osish bolardi
ОМАДБЕК
2 dec 2024
ЧЛда қатнашадиган жамоа бўлса зўр бўларди. Абдуқодирни кейинги манзили дунёнинг гранд жамоалари бўлсин илоҳим!
Диёрбек мю
2 dec 2024
Totenxem yaxshi variant lekin nyukaslda pul ko'p
Goldberg
2 dec 2024
Омадини берсин! Шахсий фикрим лансда мавсум тугагунча колиб ана ундан кн бошка клубларга утишни уйлаб кургани яхши.
Azamat Shoha
2 dec 2024
7-та клуб кизикяптими ?