"Qizilqum" bosh murabbiyi - qura, "Lokomotiv" va "Saraevo"dan uchralgan mag'lubiyat haqida

Alisher
12 feb 2022
Kecha Superliganing 2022 yilgi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Superligadagi barcha 14 jamoa o'z raqiblarini bilib olishdi. Navoiyning "Qizilqum" jamoasini dastlabki turda Toshkentning "Lokomotiv" klubiga qarshi to'qnashuv kutib turibdi. Aftidan bu bahs markaziy maqomni olmasligi mumkindir. Lekin ikki jamoa azolari uchun o'ziga hos qiziqarli o'tishi shubhasiz. 

Nima uchun deysizmi? Bugungi kunda "Qizilqum" tarkibining katta qismini sobiq "temiryo'lchilar" tashkil qiladi. Javohir Ilyosov, Temurxo'ja Abduholiqov, Shuhrat Muhammadiev, Bobur Yo'ldoshev, Ignatiy Nesterov, Sanjar Shoahmedov, Islom To'xtaxo'jaev, Oleg Zoteev, Salim Mustafoev. Xo'sh, jamoa bosh murabbiyi Nikola Lazarevichnig bu boradagi fikrlari qanday?

"Shaxsan menda "Lokomotiv" haqida etarlicha malumotlar bor. Nafaqat mavsumdagi ilk uchrashuvga, balki hamma o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Mavsum uzoq davom etadi. Birinchi turni g'alaba bilan boshlash yoqimli bo'ladi. Tarkibimizda avval "Lokomotiv"da o'ynagan futbolchilar o'ynamoqda. Ko'ramiz, kuzatamiz. "Saraevo" bilan o'yinga kelsak, biz yangi narsani sinovdan o'tkazib ko'rdik. Shuningdek, jismoniy jihatdan hali to'liq formada emasligimiz sezildi. Mashg'ulotlarda ko'proq shuning ustida ishlamoqdamiz. Buni o'zingiz ham ko'rdingiz", - deydi serbiyalik murabbiy.



AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

UFA bu UFA
12 feb 2022
Pensiya jamgʻarmasiku Qizilqum. Pensionerlardan nimayam kutardik. Maqsad superligamasdek tuyuladi klublarimiz oʻyini
Olg'a UZB
12 feb 2022
Tog'o gazini bosing kam vaqt qolobdi bu mavsumdan umidimiz katta