"Qizilqum" darvozaboni sobiq jamoasiga qaytdi

Iskandarov Abdulaziz
11 feb 2025
Futbolchi faoliyatini qaerda davom ettirishi malum.

O'tgan mavsum navoiyliklar sharafini himoya qilgan legioner kiperning keyingi jamoasi aniq bo'ldi. Latviyalik darvozabon Robert Ozols o'z yurtiga qaytdi. U mamlakat Oliy Ligasi vakili "Auda" bilan shartnoma imzoladi. 

Ozols 2024 yil Superligada debyut qilgan, 23 ta uchrashuvda maydonga tushgan va darvozasidan 31 ta to'p olib chiqqandi. 7 ta o'yinda esa darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. 


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar