"Qizilqum" serbiyalik legionerni o'z safiga qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
7 jan 2025
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan "Qizilqum" klubi navbatdagi transfer bo'yicha kelishuvga erishdi.

O'tgan mavsumda Samarqandning "Dinamo" jamoasida to'p tepgan serbiyalik tajribali himoyachi Dushan Miyich endilikda "oltin izlovchilar" sharafini himoya qiladi. Klub rahbariyati futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Dushan Miyich haqida:

Tug'ilgan kuni:
22.06.1993 yil
Tug'ilgan joyi: Novi Sad - Serbiya
Ampluasi: himoyachi
To'p tepgan jamoalari: "Novi Sad" (Serbiya), "Bachka" (Serbiya), "Krupa" (Bosniya va Gercegovina), Xayduk" (Serbiya), "Trayal" (Serbiya), "Ararat" (Armaniston), "Dinamo" (O'zbekiston)

Eslatib o'tamiz, Dushan yakunlangan mavsumda "Dinamo" tarkibida umumiy hisobda 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini ikki bor ishg'ol qildi.

Dushan Miyichning jamoamizdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz. Xush kelibsiz "Qizilqum" PFK ahil oilasiga!", - deb yozadi "Qizilqum" matbuot xizmati. 



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: "Қизилқум” матбуот хизмати

Izohlar

+998944108282
7 jan
Яна шу Сербия Черногория лик лигионерларми.Ич ич лар жонга тегдику.Легионер дигани махаллий уйинчидан бир бош устун булиши керакку.Буларни майдонда борлиги билинмидию.Мана шкларни битта агент опкевотти борку.
Toir Muratovich
7 jan
Bunaqangi legionerlar 1 ligada 28 uchrashuvda bor yo‘g‘i 2 ta gol urgandan keyin manimcha bularni to‘g‘ri yurtiga jo‘natish kerak