Jamoaning Muborakda davom etayotgan yig'iniga ikki nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi. Ulardan biri o'zbekistonlik yarim himoyachi Davronbek Umirov bo'lsa, ikkinchisi nigeriyalik hujumchi Paul Komolafedir. Umirov o'tgan mavsum Pro ligada "Do'stlik" safida to'p tepdi. Komolafe esa muxlislarga "Qizilqum"dagi o'yinlari bilan yaxshi tanish hisoblanadi. Futbolchi Navoiydan ketganidan so'ng "Arbrot" (Shotlandiya), "KF Erzini" (Albaniya), "CHTG Abaxani" (Bangladesh) chempionatlarida harakat qildi.
"Qizilqum" sobiq legioneri "Mashal" yig'iniga kelib qo'shildi

Iskandarov Abdulaziz
20 jan 2025
Muborakning "Mashal" jamoasi o'z qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida mashg'ulotlarni boshlab yuborgan.
Izohlar