"Naftan" Novopolockning 25 yoshli sobiq forvardi Roman Papariga "Qizilqum" bilan bitim tuzadi. Papariga yangi jamoasi bilan shartnoma tuzish uchun allaqachon Toshkentga etib kelgan. Bu haqida saytimiz jurnalisti Sherzod Nurmatov xabar bermoqda.
Faoliyatining asosiy qismini Belarusda o'tkazgan futbolchi o'tgan yili "Naftan" safida 33 o'yinda qatnashib, 12 ta gol urgan va 7 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.
Izohlar