

Muxlislarning yoqimtoy futbolchisi bugun 25 yoshni qarshi olmoqda. Rayevac qisqa muddatda jamoamizning yutuqlariga o'zining munosib hissasini qo'sha oldi. Muxlislar esa uning ko'rsatayotgan o'yinlaridan va urayotgan gollaridan olam-olam zavq olmoqdalar.
Jamoamiz rahbariyati, murabbiylar shtabi, barcha futbolchilar hamda muxlislarimiz nomidan Filip Rayevacni tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz !




