"Qo'qon-1912" - "Navbahor". Vodiy derbisining o'yin atrofidagi voqeliklari

Iskandarov Abdulaziz
18 aug 2022
Xabaringiz bor, bu turda Yaypanda "Qo'qon-1912" va "Navbahor" jamoalari o'rtasida vodiy derbisi bo'lib o'tdi.

Keling, siz bilan mazkur uchrashuvning o'yin atrofidagi voqeliklariga etiborimizni qaratamiz.  

O'yin oldidan qo'qonliklar mamuri to'plarning shayligini tekshiruvdan o'tkazmoqda.




Samvel Babayanning yordamchisi mezbonlar tarkibini o'rganib chiqyapti. 


Uchrashuv komissari Aleksandr Davidenko Championat.asia ni o'qiyapti. 


Jasur Yaxshiboev mashg'ulot vaqtidayoq to'pni muxlislarga sovg'a qilmoqchi ko'rinadi. 


Yaypandagi stadion maysalari nega har doim yam-yashil ekani haqidagi savolni shu yigitlarga berish kerak. 


Bolakaylar va orqa fonda ko'rinib turgan muxlislar vodiy derbisi startini kutishmoqda.


Aleksandr Merzlyakov ham aniq Championat.asia ni o'qiyapti.

Ular uchun bu kabi derbilar bamisoli to'y.  Muxlislar o'yinga maxsus musiqa asboblari bilan etib kelishgan. 


 



"O'yin atrofidagi voqeliklar" rukni uchun maxsus surat. Bu insonlarni siz yaxshi taniysiz albatta.


Bosh murabbiylar va ularning o'yin haroratidagi emociyalari. 

 

Imkoniyatdan foydalangan muxlis "Real Madrid" darvozasiga gol urgan futbolchi bilan suratga tushib oldi. 


MTRK operatori o'yin jarayonini tasvirga olmoqda.


 Bu muxlis suratga olayotganimizni sezib qoldi.


Maydoni chetida qo'qonliklar mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.  


Vodiy derbisiga bo'lgan qiziqish qanchalik yuqori bo'lganini mana shu suratlar ham aytib turibdi.

Bizni kuzatishda davom eting! Zero, Championat.asia aynan sizlar uchun ishlaydi! 

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Foto: Dilmurod Isaqov


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Baxtiyor 44 11
18 aug 2022
Assalomu aleykum avvalo Turon klubiga stadioni tayyor bulmagan kamandalarga sharoit qiliberitgani uchun raxmat lekigin men birinchi marta shu stadionda uyinni kurdim yaxshi stadion ammo xali qilinadigan ishlar kup ekan stadion atroflarida maysa oldin qanaqa bilgan bilmadimu shu kungi uyinda chim upirilib ketyabti ancha xolatini yoqatibti shu maysaga tanaffus paytida kamro suv sepish kerak uyinchilani trama olishi xafa ostida qolar ekan keyin urindiqlar juda yaqin urnatilgan muxlis bir biriga xalaqit qiladigan darajada omad
Serenada
18 aug 2022
Бу сафар Фарҳоджон Узоқов кечга қолмадими?