Qo'qonda 4 yosh toifasida "Ishonch kubogi" o'tkazildi

Mirjalol Normatov
23 dek 2023
2023 yil 3 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Futbol-talim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi [PQ-355-sonli] qarori qabul qilindi.

Hukumatning mazkur Qarori ijrosini taminlash maqsadida joylarda bir qator tadbirlar, musobaqalar tashkil etilmoqda. Ana shundaylardan biri o'zbek futboli vatani Qo'qon shahrida uyushtirildi. Bo'lib o'tgan “Ishonch Kubogi 2023” xalqaro turnirida Tojikiston Respublikasi (Xo'jand viloyati “Bo'ston” jamoasi), Toshkent shahri, vodiy viloyatlari hamda boshqa mintaqalardan tashrif buyurgan 2012, 2013, 2014, 2015 va 2016 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat jami 24ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro kurash olib bordi. “Ahmadxon” sport majmuasida yuqori saviyada bo'lib o'tgan bellashuvlarda barcha yosh toifalari bo'yicha g'oliblar nomi aniqlandi. Musobaqa tashkilotlari tomonidan tasis qilingan medallar, diplomlar, esdalik sovg'alari sovrindorlar va turnirning “eng yaxshilari”ga tantanali ravishda topshirildi.

Yosh toifalari bo'yicha sovrindorlar quyidagicha ko'rinish oldi: 

"Ishonch Kubogi-2023" 

2015-2016 yillar

1. "Nasaf" filial

2. "Turon"

3. "Bo'ston" (Tojikiston Respublikasi)

2014 yillar

1. "Ahmadxon"

2. "Bunyodkor"

3. "Navbahor Umid"

2013 yillar

1. "Navbahor Umid"

2. "Bog'dod"

3. "Ahmadxon"

2012 yillar

1. "Ahmadxon"

2.Toshkent viloyati futbol akademiyasi

3. Farg'ona futbol akademiyasi 

3. "Turon"(Yaypan)



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia