Qo'qondagi turnirda chorak finalchilar nomi aniq bo'ldi

Narzulla Saydullayev
26 apr 2019
Qo'qon shahridagi “Ahmadxon” sport majmuasida bo'lib o'tayotgan “Qo'qon – o'zbek futbolining vatani” deb nomlangan xotira turniri qizg'in pallaga kirdi.

25 aprel kuni bo'lib o'tgan o'yinlar avvalgi kunlardagi uchrashuvlardan ham qiziqarli hamda shiddatli kurashlarga boy bo'ldi.

Futbol muxlislari ob-havoning injiqliklariga qaramasdan o'z jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni maroq bilan tomosha qilishdi. Kecha guruh bosqichi o'yinlari o'z yakuniga yetib, chorak final o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritgan jamolarning nomlari ma'lum bo'ldi. Guruh bosqich o'yinlaridan so'ng guruhlardagi vaziyat quyidagicha ko'rinishda bo'lib turibdi.

“A” guruhi
1.Spartak 9
2.Progress 6
3.Aziztepa 3
4.Lokomotiv 0

“V” guruhi

1.Afg'onbog' - 7
2.Shahar - 6
3.Islom Nurmatov - 4
4.Shayxon - 0

“S” guruhi
1.1980 - 7
2.Faxriylar-2 - 4
3.Kimyogar - 4
4.18-maktab - 1

“D” guruhi
1.40 yillik - 6
2.Faxriylar-1 - 6
3.Akademik licey - 4
4.Versus - 1

Shunday qilib bugun bo'lib o'tadigan chorak final o'yinlarida quyidagi juftliklar maydonda o'zaro kuch sinashadilar.

15:00
Spartak – Faxriylar-2

16:00
1980 - Progress

17:00
Afg'onbog' - Faxriylar-1

18:00
40 yillik - Shahar

Barcha futbol muxlislarini futbol uchrashuvlariga taklif qilamiz. Quyida esa kechagi o'yinlardan olingan suratlarni tomosha qiling.



Akramjon Mamadaliev tayyorladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz