

O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev to'p tepayotgan "Tobol" mehmonda imkoniyatni boy berdi, 1:2. Hamyurtimiz uchrashuvning 56-daqiqasida Aybar Jaksilikovning o'rniga maydonga tushdi. "Tobol"ning yagona goliga "Andijon" sobiq futbolchisi Vladislav Vasilev mualliflik qildi. Jamoa 24-turdan so'ng 41 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 3-o'rinida ketmoqda.
MAQTAARAL - TOBOL 2:1
Gollar: Aleksey Nosko 41, Ramazan Karimov 45+1 - Vladislav Vasilev 73



