QPL. "Qayrat" va Yo'ldoshev - Qozog'iston chempioni!

Alisher
10 nov 2024
Qozog'iston Premer-ligasi 26-tur doirasidagi "Atirau" - "Qayrat" o'yini bo'lib o'tdi.


Mehmonlar safida o'zbekistonlik himoyachi Ibrohimhalil Yo'ldoshev asosiy tarkibda maydonga tushdi va bahsda to'liq harakat qildi.

Shunday qilib, olmaotaliklar Qozog'iston chempionatining joriy mavsumida chempionga aylanishdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda chempionlik "Ordabasi"ga nasib etgandi.


"Atirau" - "Qayrat" 0:1

Gol: Giorgi Zariya (59).

"Atirau": Egor Xatkevich, Soslan Takulov, Nikita Stepanov, Oljas Kerimjanov, Adilbek Jumaxanov, Gevorg Nadjaryan, Naurizbek Jagorov, Yakob Novak, Igor Stasevich, Xusrav Toirov, Nikolay Signevich.

"Qayrat": Vadim Ulyanov, Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Egor Sorokin, Aleksandr Martinovich, Erkebulan Seydaxmet, Valeriy Gromyko, Ofri Arad, Giorgi Zariya, Yug Stanoev, Joao Paulo, Elder Santana.

Chetlatish: Nikita Stepanov (58).



AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Umid 86
10 nov 2024
Шу болаям тж га фойдаси тегади лекин хеч булмаса захира варянти килиб бусаям чакириб туриш керак термага
Бахтиёр Ашуров
10 nov 2024
Иброҳимнинг фаолиятига омад!