Rafael Benites: Atletikni hurmat qilaman, lekin Napoliga ishonaman

Narzulla Saydullayev
18 avg 2014
Napoli bosh murabbiyi Rafael Benites YCHL pley-offi doirasidagi Atletikka qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
- Biz kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz, javob bahsi ularning g'aroyib stadionida bo'lib o'tadi, muxlislar Atletik uchun 12-o'yinchi vazifasini bajarib berishadi. Raqibni hurmat qilaman, ammo Napoliga ishonaman.

Ander Erreraning kyetishi raqibga ta’sir qiladi, ammo jamoa baribir kuchli bo'lib qolaveradi, – deydi Benites.

Eslatib o'tamiz, Napoli – Atletik uchrashuvi seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru