Rafael Benites: Kevoga qarshi o'yinda Napolining omadi kelmadi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2014
Napoli ustozi Rafael Benites Italiya A seriyasi 21-turidan o'rin olgan Kevoga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Biz to'p bilan tezroq harakat qilishimiz kerak edi. Uch marta darvoza ustunini nishonga oldik. Bugun omadimiz kelmadi.

Vaziyatlardan foydalanishda aniqlik yetishmadi. Agar Mertens gol urganida butunlay boshqacha o'yin bo'lardi.

Gamshik o'yinga yaxshi qo'shilib ketdi, biroq raqib bu qadar yopiq futbol namoyish etganida o'zini ko'rsatish qiyin. Hujumlar tashkil etish uchun imkoniyat kam bo'ldi, – deydi Benites.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru