Ranokkya va d’Ambrozio "Inter" bilan yangi shartnoma imzolashdi

Alisher
29 iyun 2021
"Inter" tajribali o'yinchilar Andrea Ranokkya va Danilo d'Ambrozio bilan shartnomani bir mavsumga uzaytirdi.

Bu qaror o'tgan hafta qabul qilingan edi, ammo rasmiy ma'lumot yaqinda berildi.

33 yoshli Ranokkya "neradzurrilar" tarkibida 2011 yildan beri o'ynaydi, ammo u o'tgan mavsum faqatgina 9ta o'yinda maydonga tushdi.

D'Ambrozio esa 32 yoshda, u "Juzeppe Meacca"ga 2014 yilning qishida kelgan. Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: inter.it