Raqibni tishlagan “Lacio” futbolchisiga jazo tayinlandi

Eldor Akmurzayev
8 iyul 2020
“Lacio" himoyachisi Patrik Gabarron A Seriya doirasida “Lechche”ga (2:1) qarshi o'tgan bahsda raqibini tishlagani uchun 4 o'yinga diskvalifikaciya qilindi, deya xabar bermoqda liga matbuot xizmati.

Gabarron raqib a'zosi Julio Donatini tishlagani tufayli hakam tomonidan qizil kartochka bilan ham jazolangandi. Xabar keltirilishicha, qoidabuzarga 10 evro miqdorida jarima yozilgan.

Shu tariqa, fulbek “Sassuolo, “Udineze”, “Yuventusa” va “Kalyari”ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi. Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum klub libosida 20 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga erishgan.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24