"Raqiblar bizdan qo'rqishi kerak". "Andijon" rahbari tarixiy g'alabaga izoh berdi

Iskandarov Abdulaziz
14 apr 2025
"Andijon" jamoasi Superliganing 5-turida mehmonda "Paxtakor"dan ustun keldi (3:2).

 Tarixiy g'alabaga esa klub bosh direktori Elbek Samatov munosabatini bildirdi.

"Avvalo Andijon ahlini tarixiy g'alaba bilan tabriklayman. Har qanday tarix bir kun kelib yangilanadi. O'tgan yili kubokni olgan holda yangi tarix yaratgan edik. O'yindan oldin kiyinish xonasida ham buni yigitlarga aytdim. Biz emas, aksincha raqib jamoa bizdan qo'rqishi kerak. Yana bir narsani aytib o'tishim mumkin futbolchilar borlarini berib o'ynadi, muxlislar ham ajoyib tarzda qo'llab-quvvatladi. Bosh murabbiyimiz tanlagan uslub va uning imzosi 90 daqiqa davomida ko'rinib turdi. Bunday muhitda "Andijon" o'z uyida o'ynagandek bo'ldi. Uzoq masofa bosib kelgan muxlislarga rahmat aytaman. 

OCHLga tayyorgarlikni yilni boshidan boshlaganmiz. Tarkibni ham shunga moslab shakllantirganmiz. Bu musobaqada butun O'zbekiston shanini himoya qilamiz. Yozda 1-2 ta chiziqlarni kuchaytirishimiz mumkin. Lekin bu haqida gapirishga hali erta va yana to'xtalamiz",- deydi Elbek Samatov.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Д.11.02.
14 apr
Сарлавха нотугри танланган деб уйлайман.Клуб рахбари футболчиларни рухлантириш учун айтган гапларини гуёки бошка жамоаларга хурматсизлик килгандек курсатиб куйибди. Мотивация тугри, лекин сарлавха учун яхшимас.Андижон мухлиси.
Муроджон Болтабойов
14 apr
Кечаги уйинда 3-2 булгандан кегин юрагими ушлаб утирдим. Пахтакор хам ёмон уйнамади хаммаси кучли уйинчилар факат жамовий уйин йук. Тринерди тушиниб булмаяапти асосий састапни топа олмаяапти Алижоновга куз тегмасин. Андижонга омат тилеман бургутлар яана яам баланткока учила. Шерлар Шер булилар
Fast TV
14 apr
Как будто 5-6 марта чемпион бўлгандек гапирасан еее????
Аdik
14 apr
Андижонни жойи 8 уринда барибирхам
Ўзбек футболининг муҳлиси
14 apr
Жўжани декабрда санаймизми?