

– O'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?
– Bugungi o'yin haqida gapirishdan oldin barcha yaypanlik muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. O'zingiz guvohi bo'lganingizdek, Proligada oson o'yin bo'lmaydi, osonlikcha g'alaba qozonish ham qiyin. Biz o'zimizga o'zimiz qiyinchilik tug'dirdik. Agar vaziyatlarimizdan to'g'ri foydalanganimizda, yirik hisobda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Ammo futbol 90 daqiqa davom etadi. O'yinni oxirigacha o'ynaganimiz bizga foyda keltirdi. Yana bir bor muxlislarimizni g'alaba bilan muborakbod etaman. Raqib jamoaga keyingi o'yinlarda omad tilayman.
– Abdulhamid Turg'unboev hamda Rahmatillo Rahimov maydonga tushgandan so'ng hujumkorlik ortdi. Bu futbolchilar 90 daqiqa harakat qila olmaydimi?
– Siz aytgan futbolchilarni asosiy tarkibda tushirib, zaxirada qolganlarni ikkinchi bo'limda maydonga tushirganimizda ham xuddi shunday yaxshi qo'shilib keta olishardi. Ikkinchi bo'limning yarmidan so'ng futbolchilarda charchoq alomatlari bilinib qoldi. Biz ularning kuchini to'g'ri taqsimlashga harakat qildik. Zaxiradan tushgan futbolchilar o'zini oqladi, deb o'ylayman.



