Rasman: "Andijon" yana bir legioner transferini elon qildi

Tolibjon Qosimov
30 jan 2025
Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

"Andijon" jamoasi yana bir yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Chernogoriyalik futbolchi Luka Uskokovich yangi mavsumda "burgutlar" sharafini himoya qiladi.

Ushbu himoyachi 1996 yilning 10 aprel sanasida tavallud topgan. Lukaning oxirgi klubi Latviyaning "Liepaya" jamoasi hisoblanadi. U erda 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Umumiy hisobda shu paytgacha 92 ta o'yinda maydonga tushgan. 1 ta gol urgan va 2 ta golli pas uzatgan.

Shuningdek, Uskokovich faoliyati davomida Sloveniyaning "Zarisa Kranj" hamda "Maribor" klublarida ham to'p tepgan.

Etiborlisi, u "Maribor" bilan uch marta – 2016/17, 2018/19 va 2021/2022 yilgi mavsumlarda Sloveniya chempionligini qo'lga kiritgan.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: "Андижон" матбуот хизмати

Izohlar

Diyor Tojinorov
30 jan
Chernogoriya Tojikiston darajasidagi terma u termada oʻynamaydigan oʻyinchisi esa qoʻshimchasiya oxirgi oʻrindagi komandadan kelgan oʻyinchi darajasi juda pastligi anniq, federatsiya haliyam yoshlarni oʻzimizni oʻyinchilarni qoʻllab turibdi legioner limiti bilan boʻmasa 3-4 sort legionerlar bosib ketardi
JUVE & LIV
30 jan
Тўғриси состав ОЧЛ 2 учун тортмиди, раз таваккал қилиш кере бўса ўзимизни ўйинчилар билан таваккал қилиш керак манимча.
Zohidjon Usarov
30 jan
Фамилияси вич билан тугаса булди эканда.
Davronbek
30 jan
Segeyevni kimdiri bölsa kk. 92 oʻyin 1+2 kamiga 29 yoshli.
UFA bu UFA
30 jan
Zahira oʻrindigʻini hech kimga bermay qorovullik qiladi. Pul yuvishga oʻxshavoti choʻta. 2 ta oʻyinga tushib shu bilan yurtiga ketsa demak man haqman