Rasman: "Atletiko" Olimpiada chempionini o'z tarkibiga qo'shib oldi

Alisher
25 avg 2021
"Atletiko" "Gerta" o'yinchisi Mateus Kunyaning shartnomasini e'lon qildi.

Vinger, hujumchi va hujumkor yarim himoyachi poziciyalarida o'ynay oladigan futbolchi Madrid grandi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 22 yoshli braziliyalik uchun ispanlar 26 mln evro to'lashdi, "Gerta" shuningdek o'yinchining keyingi sotuvidan 10% ulush oladi.

Kunya yaqinda bo'lib o'tgan Tokiodagi Olimpiadada Braziliya bilan chempion bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com