Rasman: Bakaev "Buxoro"dan ketdi

Alisher Ostonov
11 avg 2025
"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev klubni tark etdi.

"Buxoro" futbol klubi rahbariyati va jamoamiz bosh murabbiyi Bakaev Ulug'bek Istamovich bilan o'zaro kelishilgan holda, ikki taraflama mehnat shartnomasi bekor qilindi. "Buxoro" futbol klubi va muxlislar nomidan Bakaev Ulug'bek Istamovichga qilgan mehnatlari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz!", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати