

35 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2,5 yilga mo'ljallangan.
Balotelli faoliyatida ilk bor Yevropadan tashqarida o'ynaydi. 2025 yilning yozida hujumchi "Jenoa"ni tark etgandi. U ilgari Turkiyaning "Adana Demirspor", Shveytsariyaning "Son", Italiyaning "Monca", "Milan" va "Inter", Angliyaning "Liverpul" va "Manchester Siti", Fransiyaning "Nicca" hamda "Marsel"da to'p tepgan.

Balotelli Italiya chempioni unvonini 3 marta qo'lga kiritgan va "Inter" safida Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan. Shuningdek, u "Manchester Siti" bilan birga Angliya Premer-ligasini ham yutgan.



