⚡️ Rasman: Bobir Abdixoliqov – “Ordabasi” futbolchisi!

Eldor Akmurzayev
13 fev 2023
“Energetik-BGU” bilan yorqin mavsum o'tkazgan Bobir Abdixoliqov faoliyatini “Ordabasi”da davom ettiradi.

25 yoshli forvard shimkentliklar bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq, u klubning Turkiyadagi yig'iniga qo'shilgandi.

“Ordabasi” Konferenciyalar Ligasi 2023/24 yilgi mavsum saralash bosqichida qatnashadi va guruh raundiga yo'l olishni maqsad qilgan. Shuningdek, jamoa Qozog'iston chempionligi uchun ham kurashadi.

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, Boburga Isroil, Ruminiya, Xorvatiya, Vengriya hamda Turkiya klublaridan jiddiy qiziqish bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, mazkur klubda o'zbekistonlik boshqa bir futbolchi Shahboz Umarov ham harakat qiladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia