Rasman: Braziliya termasida istefo!

Mirjalol Normatov
29 mar 2025
Braziliya futbol konfederaciyasi Dorival Juniorni milliy terma bosh murabbiyligidan istefoga chiqardi.

"Braziliya futbol konfederaciyasi Dorival Junior endilikda Braziliya milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilmasligini malum qiladi. Rahbariyat murabbiyga kelgusi faoliyatiga omad tilaydi. Ayni damda tashkilot milliy terma jamoa uchun murabbiy izlash ishlarini boshlab yuborgan", - deb yoziladi bayonotda.

Braziliya termasi mart oyidagi FIFA kunlarida JCH saralashi doirasida Kolumbiyani 2:1 hisobida mag'lub qildi. Keyinchalik Argentinaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rahbariyat ushbu mag'lubiyatga qadar ham murabbiyning ishidan qoniqish hosil qilmagan.

Braziliyalik mutaxassis 2024 yil yanvar oyida terma boshqaruvini qo'liga olgandi. Shundan buyon uning murabbiyligida terma 16 o'yinda 7tadan g'alaba va durang, shuningdek, 2 mag'lubiyat qayd etdi.

Amerika Kubogida uning jamoasi chorak finaldayoq ishtirokini yakunladi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: cbf.com.br

Izohlar

Lazic Off
29 mar
Anchelotti kelsa zoʻr ish boʻlardi
Фабрицио Романо
29 mar
Клоп энг зур вариант
LRI fan
29 mar
Klopp yoki al ahli murabbiyi nomi esimda yuq yosh zur murabbiy
nodir sharipov
29 mar
Endi pentakampionlarga bosh murabbiylik uchun kimlar asosiy da'vogar ekan? Ularning roʻyxati bormikan?