Rasman: "Dinamo" Hojimirzaev bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
11 dek 2025
"Dinamo" Superliga-2025 yakuniga ko'ra shartnomasi yakuniga etayotgan jamoa yetakchilarini o'z safida qoldirishni va 2026 yilgi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan.

"Yakunlangan mavsumda "Dinamo" sharafini munosib himoya qilib, jamoa sardoriga aylangan Anvar Hojimirzaev 2026 yilni ham Samarqand jamoasi safida o'tkazadi. So'nggi ikki mavsumdan buyon jamoamizning Superligadagi eng yaxshi to'purari bo'lib kelayotgan hujumchi bilan yakuniga etayotgan amaldagi kelishuv 2026 yilning oxirigacha uzaytirilganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz", – deyiladi xabarda.

31 yoshli forvard 32 o'yinda 10 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати