

Ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassisning o'zi uni iste'foga chiqarishlarini taklif qilgan.
Terzichning "Borussiya" bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangandi. 41 yoshli nemis 2022 yilning yozida klub boshqaruvini qo'lga olib, ortda qolgan mavsumda YCHL finaligacha yetib bordi.
Shuningdek, avvalroq jamoa yetakchisi Mats Xummels bosh murabbiy bilan kelishmovchilik sababli rahbariyatdan o'zi yoki murabbiydan birini tanlashni so'ragani aytilgandi.



