Rasman: Fernando – "Vulverxempton" a'zosi!

Sherzod Nurmatov
7 sen 2020
"Bo'rilar" navbatdagi transferlarini e'lon qilishdi.

"Vulverxempton" o'z rasmiy saytida "Lion" himoyachisi Fernando Marsal bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

31 yoshli futbolchining "bo'rilar" bilan shartnomasi ikki yilga mo'ljallangan.

Braziliyalik futbolchi "Lion"da 2017 yildan beri o'ynab kelayotgandi. O'tgan mavsumda u francuz jamoasining Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqishiga yordam berdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: wolves.co.uk