Rasman: "Fulxem" "Arsenal" futbolchisini xarid qildi

Sherzod Nurmatov
2 avg 2024
"Fulxem" klub "Arsenal"dan Emil Smit-Rouni sotib olganini tasdiqladi.

Angliya terma jamoasi a'zosi Smit-Rou yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va u yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.



Ko'p qirrali hujumkor o'yinchi, asosan chap qanotda yoki "kanonirlar" uchun 10-raqamli o'yinchi sifatida harakat qilgan. Unga o'ng qanot yoki tayanch yarim himoyachisi roli ham qulay.

Smit-Rou o'tgan mavsum "to'pchilar" uchun barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fulhamfc.com