Rasman: Iskandar Shoyqulov "Andijon" sharafini himoya qiladi

Omonjon To`xtamirzayev
7 yanv 2025
Tajribali futbolchi Iskandar Shoyqulov yangi mavsumni Andijonda o'tkazadi.

1993 yilning 26 aprel kuni tavallud topgan futbolchi "Andijon" bilan shartnoma imzoladi.

Iqtidorli yarim himoyachi oxirgi bir yarim mavsumni Bekobodning "Metallurg" jamoasida o'tkazdi. Jamoa safida Shoyqulov 38 ta uchrashuvda 1 ta gol urdi.

"Bundan tashqari, Iskandar "Mashal", "Neftchi", "So'g'diyona" kabi klublarda ham faoliyat olib borgan.

Futbolchi hozirga qadar faoliyati davomida 239 ta o'yinda maydonga tushib 8 ta gol muallifiga aylangan.

Ishonamizki, yangi mavsumda Shoyqulov o'zining ajoyib o'yinlari bilan “Andijon”ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shadi", - deyiladi xabarda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Андижон" ФК матбуот хизмати