Rasman: Iskanderovdan so'ng yana bir futbolchimiz K-League'ga yo'l oldi

Alisher
21 jan 2020
"Renofa Yamaguchi" himoyachisi Doston Tursunov "Pusan I'Park" klubiga o'tdi.

Bu haqda yapon klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"Pusan I'Park" o'tgan mavsum K2 ligada ikkinchi o'rinni egallagan. Pley-off o'yinida "Kyonnam"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra yutgan holda yuqori divizionga yo'llanma olgan.

Tursunov Yaponiyaning J2 ligasida 2019 yilda 17ta o'yinda maydonga tushdi, O'zbekiston terma jamoasida esa 4ta o'yinda, 1ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, bundan biroz avval "Lokomotiv" sobiq o'yinchisi Jamshid Iskanderov "Seongnam" o'yinchisiga aylangan edi.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Mehroj FCD.
21 jan 2020
Hammaga salom. Kim biladi bunyodkor qachon utnaydi kim bilan. Afc pleyy off bosqichida. Sport tv oberarmikan.
Nodirbek86.86
21 jan 2020
Омадинг берсин Достон. Терма жамоа учун яна бир ишончли химоячи
《BaRsa》《БаРса》
21 jan 2020
Koreys yaponlar yevropaga ketaypdi Uzbeklar koreyaga boryapti.òsiw booor...
BarsAndijon
21 jan 2020
Келажакда МТЖ мараазий химоячиси.аслида шу бугунги кундаям росса керакли уйинчи!
ABDUNAZAROV1210
21 jan 2020
Doston Denisovga ohshataman jangovor oyinchi
Laziz_14_04
21 jan 2020
Koreya klubiga o'tgan bo'lsa nimaga bu haqda yapon klubi matbuot xizmati xabar qilishicha deb yozayapsilar
Gennaro Gattuso
21 jan 2020
Legionerlarimiz ko'paygani yaxshi, faqat o'yin amaliyoti bo'lsa
TILLoCHIK_Neftchi_Margilan
21 jan 2020
Bu ketishda Koreani o'zimizi o'yinchilar zabt etadi shekili
Boy aka
21 jan 2020
Химояда бетон лекин
Hudaynazarov
21 jan 2020
Йигитларга омад. Расман кучли бешлик чемпионатларига утти деган хабарларни кутиб коламиз
Ko'proq ko'rsatish