Rasman: London va Madridda sarson bo'lgan Evro vice-chempioni "Atletiko"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
21 aug 2024
Evro-2024 vice-chempioni Madridga ko'chib o'tdi.

"Atletiko" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Konor gallaxer bilan shartnoma imzolanganini elon qildi. Gallaxer "matraschilar" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, transfer summasi 42 million evroni tashkil etadi. Bundan tashqari, "Chelsi" o'yinchining keyingi sotuvidan malum miqdorda foizga ham ega bo'ladi.


Eslatib o'tamiz, Konor oxirgi kunlarda Londondan Madridga uchib borib ayrim muammolar yuzaga kelgani sabab yana ortga Londonga qaytib ketgan edi.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: x.com/Atleti

Izohlar

Dilmurod Umarov
21 aug 2024
Omadini ebrsin